Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan «UzWaterAware» loyihasi doirasida bir guruh jurnalistlar, yarim asrdan ko`proq davr davomida ekologik inqirozning yaqqol misoli deya ta`kidlanayotgan Orol dengiziga safar qildi.
Loyihaning media-ekspeditsiya a`zolari Nukus shahridan Ust-Yurt past-tekisligi uzra yo`lga tushdi.
Mazkur loyihaning asosiy konsepsiyasi – suvga hurmatni nazarda tutadi. Orol dengizi esa birinchi navbatda aynan shunday munosabatni kutadi, kerak bo`lsa talab etadi.
Sayohаtning birinchi manzili – Ust-Yurtning G`arbiy chinklari bo`ldi. Bu makon ma`muriy jihatdan Qoraqalpog`iston Respublikasining Qo`ng`irot tumaniga qarashli. Bu joylar o`zining ko`p asrlar davomida okean suvlari ta`sirida o`yilgan chizmali qoyalari bilan ajralib turadi. Ularning balandligi 20-120 metrni tashkil etadi.
Bugungi kunga kelib Orol 3 qismga bo`lingan, uning umumiy radiusi 10 ming.kv.km. tashkil qiladi. Bu g`arbiy, Janubiy-Sharqiy va Shimoliy (Kichik) Oroldir.
Bu yerda ijtimoiy – ekologik vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida turli davlat dasturlari, mahalliy, xalqaro investitsion va grant loyihalari, jumladan Orolni qutqarish xalqaro fondining mintaqaviy loyihalari, Orol dengizi xavzasi dasturlari amalga oshirilmoqda. Shulardan Orolning qurigan tubida yashil saksovulzorlar yaratish, dengiz qirg`oqlariga yetib bora olmaydigan Amudaryo suvlaridan ko`llar tashkil qilish kabi ko`plab loyihalar amalga oshirilmoqda.
Masalan qishloq xo`jaligi dalalaridan chiqayotgan va turli agropreparatlarga to`yingan oqava suvlarni Amudaryoga tashlab, uni ifloslantirmaslik maqsadida Buxoro viloyati xududidan maxsus kanal qazilib, u orqali suvlarni qurigan dengiz tubiga tashlash. Natijada, qumlar ko`tarilishi, Amudaryo ifloslanishi kamayadi.
Yana bir qiziqarli ekoturistik ob`ektlardan biri – Ustyurt sahrosining qoq o`rtasida g`oyat kamgakni egallab turuvchi va tuz qatlami ikki metrdan qalinroq bo`lgan ekzotik Borsa-kelmas sho`rxoqidir. Sayyohlar uchun 200dan ziyod arxeologik yodgorliklar topilgan ustyurt platosi ham turistlarni qiziqtirishi shubhasiz.
Orolbo`yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga, Orol dengizining ekologik falokati oqibatlarini yumshatish bo`yicha investitsiya loyihalarini o`z vaqtida va samarali ro`yobga chiqarilishiga qaratilgan va boshqa dasturlar va loyihalarni amalga oshirish doirasida Orolbo`yida turistik klaster yaratilib, yangi mehmonhonalar va logistik markazlar tashkil etilgan.
Xorijlik va mahalliy turistlar uchun Orolning 69 metrga teng chuqur qurigan tubida o`rnatilgan yurtalar, har bir turistning istak va xoxishiga qarab tayyorlanadigan taomlar, jumladan mahalliy taomlarni ta`tib ko`rish, Orol dengizini his etish kabi noyob ekzotik takliflar turistlarda qiziqish uyg`otmoqda.
Ishonamiz, Orolning kelajagi bor. Orolni hurmat qilaylik!!!
#UzWaterAware#уважайтеводу#suvnihurmatlang#respectwater
Хония Асилбекова